Korrupsiyaga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurash har birimizning burchimizdir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut jamoasi, Ichki ishlar hodimlari va laboratoriya mudirlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashishning milliy va xalqaro tamoyillari, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, halollik va mas’uliyat tamoyillarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar korrupsiya jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini, unga qarshi kurashish esa faqat davlat idoralari emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida “Halollik tamoyili”, “Ochiqlik va shaffoflik madaniyati”, “Javobgarlik va ishonch” kabi g‘oyalar asosida tashkiliy madaniyatni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх