Institut haqida
1913-1932 yillar.1913 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri yaqinida Zarafshon tajriba dalasi tashkil etildi va 4 nafar ilmiy xodim lalmi dehqonchilik sohasida dastlabki tajribalarni boshlagan.
1925 yildan ilmiy muassasa Kattaqo‘rg‘on tajriba stansiyasiga aylantirildi.
1932-1957 yillar.1932 yilda Kattaqo‘rg‘on tajriba stansiyasi G‘allaorolgako‘chirilib, Milyutin tajriba stansiyasiga aylantirildi.1957-1976 yillar.
1957 yilda Milyutin Davlat seleksiya stansiyasi O‘zbekiston Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi.
1976-1986 yillar.1976 yilda O‘zbekiston Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston g‘allachilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi.
1989-1997 yillar.1989 yilda O‘zbekiston g‘allachilik ilmiy tadqiqot instituti «G‘alla» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi.
1997-2014 yillar. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot institutining G‘allaorol filiali sifatida faoliyat yuritdi.
2014 yildan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 25-avgustdagi 413-sonli qaroriga asosan Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol filiali, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10-fevraldagi «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-2125-sonli qaroriga asosan Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasiga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4975-sonli qaroriga asosan Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi.
