Dastlabki o’quvlar viloyatning Narpay tumanida tashkil etildi. Unda boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishda qo’llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar, begona o’t, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash choralari hamda sug’orish tartiblari mavzusida yig’ilganlarga ma’lumot berildi.
Ushbu seminarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Diyor Jo’rayev «G’allani makro va mikro elementlar bilan boyitilgan preparatlar yordamida suspenziya usulida bargdan oziqlantirishni ahamiyati» to’g’risida taqdimot qildi. Shuningdek, institutining laboratoriya mudiri Mamatqul Jo’rayev «Lalmi maydonlarda zamonaviy texnalogiyalar qo’llash hisobiga no’xat hosildorligini va don sifatini oshirish» haqida so’zlab berdi.



